Намунавий дастур

I.    O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o‘rni 

Mashinalar, asboblar va transport vositalarining yangi konstrukstiyalarini yaratishning eng muhim shartlaridan biri ularning quvvat birligiga to’g’ri keladigan tannarxini kamaytirish, mashinasozlikda kam legirlangan po’lat prokatlaridan, bukilgan, shakldor va aniq profildagi materiallardan, metall kukunlaridan, kompozistion materiallardan hamda plastmassadan foydalanish hisobiga yangi mashina, mexanizm va uskunalarni loyihalashda metalldan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Bularning hammasi mutaxassislardan mustahkamlikka hisoblashda keng ilmga ega bo’lish hamda kuchlanish va deformastiyalarni tajriba yo’li bilan aniqlash bo’yicha etarli tayyorgarlikka hamda malakaga ega bo’lishni talab etadi. Ham statik, ham dinamik kuchlar ta’sirida bo’ladigan konstrukstiyalarni haroratni hamda uzoq, muddat ishlatilishini hisobga olib, mustahkamlik, bikrlik va ustivorlikka hisoblash masalasini to’g’ri echish mashina va apparatlarning uzoq muddat va puxta ishlashni hamda og’irlik ko’rsatkichlarini yaxshilashning muhim omili hisoblanadi.