“Charm buyumlari texnologiyasi” – ishlab chiqarish jarayonlarini fizik-mexanik va kimyoviy qonuniyatlarini o‘rganib, ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligini oshirish, ishchi kuchi va mehnat sarfini kamaytirish, hamda turli chiqindilar atrof muhitni zararlanishini bartaraf etishga asoslangan. Shuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.

“Charm buyumlari texnologiyasi” fani ixtisoslik fani hisoblanib, 7, 8-semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, chizmachilik, fizika, nazariy mexanika, kimyo), umumkasbiy (amaliy mexanika, charm buyumlari materialshunosligi, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, charm buyumlari ishlab chiqarish jarayonlarining asoslari va h.k.) ixtisoslik (charm buyumlar texnologiyasi, charm buyumlarini konstruksiyalash) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. Charm buyumlari texnologiyasi fani “Charm buyumlarini konstruksiyalash”,  “Poyabzal korxonalarini loyihalash” va boshqa fanlarni o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.