Fanning mazmuni –“Charm buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari” – ichlab chiqarish jarayonlarini fizik, mexanik va kimyoviy qonuniyatlarini o’rganuvchi fan bo’lib, bunda ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligini oshirish, ishchi kuchi va mehnat sarfini kamaytirish, hamda turli chiqindilar atrof muhitni zararlanishini bartaraf etishga asoslangan.

Fanni o’qitishdan maqsad - “Charm buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari”  fani mutaxassislik fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida  rejalashtirilgan  umummetodologik (ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik texnologiyalar va pedagogikmahorat) va mutaxassislik (charm buyumlarini konstruksiyalash nazariyasi va hisobi va charm, mo’yna kimyoviy texnologiyasi va jarayonlari) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.

Fanning vazifasi –  Fanni o’qitishning maqsad talabalar charm buyumlar texnologiyasida asosiy ilmiy-texnik muammolar va texnika texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari, charm buyumlari texnologiyasida manba tejashning ilmiy asoslari, tayyor mahsulotga qo’yiladigan asosiy talablarni izohlay bilishi va ularni amaliyotda qo’llay bilishlari, qo’llanilayotgan zamonaviy texnologik uskunalarning ishlash prinsiplarini va ularning turlarini izohlay olishi, poyabzal va charm attorlik mahsulotlari uchun materiallarni bichish va ularga ishlov berish usullarini, detallar, tanovor va mahsulotni shakllantirish usullarini, bichishda materiallardan samarali foydalanish usullarini, mahsulot uchun material sarfini va miqdorini hisoblay olishi, poyabzal  ishlab chiqarishda yelimlashning fizik-mexanik xususiyatlari, vulkanizatsiya usullari, poliuretan tagliklarni quyish, hamda poyabzalni pardozlash usullari kabi savollarni o’zlashtirishdan iborat.

Fanning vazifasi – talabani ushbu fan bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini kurs loyuhasi va dissertatsiya ishlarini bajarish bilan real  sharoitga qo’llash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdir.

      “Charm buyumlari texnologiyasi nazariy asoslari” fanini o’rganish jarayonida magistr:

- charm buyumlari texnologiyasida manba tejashning ilmiy asoslari, zamonaviy kompyuter texnikalari yordamida materiallarning sarf miqdorini kamaytirish istiqbollari, chiqindilarni utilizatsiya qilish usullari, termoplastik materiallarni va suyuq shakllantirish orqali poliuretanlarni quyib mahsulot olish haqida tasavvurga ega bo’lishi;

- poyabzal va charm attorlik sanoatida materiallar maydonidan foydalanish miqdorini  oshirish va sarf miqdorini kamaytirishning asosiy yo’llarini, termoplastik materiallarni, suyuq shakllantirish orqali poliuretanlarni quyib mahsulot olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

- bichish va qirqish jarayonlarini takomillashtirish, poyabzallarni yarim avtomatik va avtomatik liniyalarda shakllantirish, charm poyabzal buyumlarni pardozlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

- poyabzal ustki detallariga dastlabki ishlov berish, poyabzal tag detallariga dastlabki ishlov berish, charm poyabzal buyumlarini pardozlash malakalariga ega bo’lishi kerak